Rustamning to‘kis oilasida ko‘ngilsizlik ro‘y beradi. Uning yosh qizi og‘ir xastalikka chalinadi. Ikki yil davomida oilani go‘yo xursandchilik tark etadi. Ezgin fikrlar Rustamni jinoyat sari boshlaydi. U Chori Ro‘ziyevdan qasd olmoqchi bo‘ladi, biroq so‘nggi lahzada qotil bo‘la olmasligini anglab, xatosini to‘g‘rilaydi.
Ammo oradan bir oy ham o‘tmay, Chori Ro‘ziyevning jasadi topiladi. Tergovchilar Rustamni uning avvalgi niyati sabab hibsga olishadi. Aslida chinakam jinoyatchilar kim edi? Marhumning o‘limidan kimlar manfaatdor bo‘lgan? Tergovchilar chigal jinoiy ish jumboqiga yechim topa oladilarmi?

