Nashriyot: Zabarjadmedia
Tarjimon: Ilhom Salimov
Sahifa: 160 bet
Muqova: Yumshoq
"Quyoshim" ruknini "Terabitiya ko'prigi" asari ochib beradi. Mazkur kitob ilk bor o'zbek tilida o'quvchilar e'tiboriga havola etilmoqda.
Ketrin Patersonning "Terabitiya ko'prigi" asari ikki do'stning xayoliy mamlakat bo'lmish Terabitiyaga qilgan sayohatlariga bag'ishlangan. Do'stlik va inson qadri bilan bog'liq umumbashariy tuyg'ularga bola nigohi bilan qaragan asar muallifi Jes va Lesli timsolida ulkan qalb sohiblarini yaratadi.
Qizning o'limidan keyin hayot va xayol o'rtasida ko'prik qurishga muvaffaq bo'lgan Jes har bir bolaning o'z Terabitiyasi bo'lishi va u yerda qirol hamda qirolichalarday yashashi kerakligini anglab yetadi.

