Tentak sichqoncha injiqlik qilib, uxlashni xohlamadi, ona sichqon esa itoatsiz sichqonni yotqizish uchun mushukni chaqirdi... bu ertakning davomi borligini bilasizmi? Aqlli sichqoncha mushuk, sassiqko‘zan, boyo‘g‘li va boshqa yirtqichlarni alday oladimi? Uyga qaytib keta olarmikin?
Samuel Marshakning she’rlari haqli ravishda bolalar adabiyotining mumtoz namunasi hisoblanadi, u bolaga oqil, ehtiyotkor va mehribon bo‘lish qanchalik muhimligi haqida hikoya qiladi. Kseniya Pavlovaning nozik va ta’sirchan illyustratsiyalari esa ularni ajoyib tarzda to‘ldiradi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun.

