• Muallif: Turg'un Fayziyev
• Nashriyot: Info capital books
• Kitob: "Temuriylar shajarasi"
• Muqova: 📓 Qattiq muqovali
Shu kungacha temuriylar shajarasi ustida ish olib borgan olimlar o‘z asarlarida faqat taxtga o‘tirib hukmronlik qilgan shahzodalarnigina e’tiborga olib, hukmronlik qilmagan yoki kichikroq lavozimlarda bo‘lgan shahzodalarni esa shajara ro‘yxatiga
kiritmaganlar. Biz mazkur ishimizda mamlakatda hukmronlik qilgan-qilmaganidan qat’iy nazar, ushbu sulolaga mansub bo‘lgan barcha shahzodalarni shajara ro‘yxatiga kiritdik. Zero, sulola tarixini o‘rganishda ularni chetlab o‘tish mumkin emas. Holbuki, ana shunday chetlab o‘tilgan shaxslarning ayrimlari, garchi siyosat maydonida ot surmagan bo‘lsalar-da, biroq ilm-ma’rifatda dong taratganlar.

