"Hurmatli ota-onalar
va tarbiyachilar!
Bizning kitobimiz bolalarning diqqatini va tafakkurini rivojlantirish, qiziqarli topshiriqlar orqali o‘rganishga qiziqish uyg‘otish, shuningdek, yoshligidanoq fikrlash va tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida yaratilgan.
Topshiriqlar ushbu yoshdagi bolalarning aql-zakovati va psixologiyasini hisobga olgan holda tayyorlangan. Mashqlarni bajarayotganda bolaga ortiqcha yordam bermaslikka harakat qiling, uni mustaqil fikrlashga o‘rgating. Biroq bolani shunday yo‘naltiringki, u qabul qilayotgan qarorlarini mantiqiy asoslay olsin va to‘g‘ri yo‘nalishda fikr yuritsin.
Topshiriqlarni bajarib bo‘lgach, bolaning bajargan ishini albatta tekshirib ko‘ring. Agar u xatolarga yo‘l qo‘ygan bo‘lsa ham, uni qo‘llab-quvvatlang va maqtang, kelgusida topshiriqlarni to‘g‘ri bajarishga yordam bering."
ISBN : 9789910826849
Muqova materiali : Qog‘oz
Qog‘oz formati : А4
Muqovasi : Yumshoq
Betlar soni : 102
Ishlab chiqaruvchi mamlakat : O‘zbekiston
Chop etilgan yili : 2026
Yozuv : Kirillcha
Til : Ruscha
Sahifalar yuzasi : yaltiroq

