Hurmatli ota-onalar
va tarbiyachilar!
Kitobimiz bolalarning diqqat va tafakkurini rivojlantirish, ularni qiziqarli mashg'ulotlar orqali o'qishga yo'naltirish, kichik yoshdan fikrlash va tahlil qilish qobiliyatini oshirish maqsadida tuzilgan.
Mashg'ulotlarimiz bu yoshdagi bolalarning aqli va psixologiyasini inobatga olgan holda tayyorlangan. Mashqlarni bajarish jarayonida qiynalayotgan bolalarga ortiqcha yordam bermasdan, ularni mustaqil fikrlashga o'rgating. Biroq bolalarning fikrlashi to'g'ri yo'nalishda bo'lishi uchun o'zlari qabul qilayotgan qarorlarini mantiqqa asoslantirishlariga
yo'naltiring. Mashg'ulotlar tugagandan so'ng esa bolangizning yozganlarini tekshirib chiqing. Xato bajargan bo'lsa ham rag'batlantiring va keyingi mashg'ulotlarni to'g'ri bajarishiga yordam bering.
ISBN : 9789910826825
Muqova materiali : Qog‘oz
Qog‘oz formati : А4
Muqovasi : Yumshoq
Betlar soni : 166
Ishlab chiqaruvchi mamlakat : O‘zbekiston
Chop etilgan yili : 2026
Yozuv : Lotincha
Til : O'zbekcha
Sahifalar yuzasi : yaltiroq

