• Ekran hajmi (dyuymda) - 32
• Operatsion sistema - webOS
• Rangi - qora
• Ekran hajmi - 1366 × 768
• LED-yoritilish turi - direct LED
• Qo‘shimcha hususiyatlari - AI Acoustic Tuning, Clear Voice Pro
• Ovozli qidirish - Bor
• LG Magic Remote pulti - Yo‘q
• Kafolat - 12 oy
• Komplektatsiya - Televizor, standart pult, batareyka, televizor uchun stend, instruksiya, garantiya kartochkasi
LG 32LQ630B6LA Smart TV — bu zamonaviy va funksional 32 dyuymli Smart televizor bo‘lib, sifatli LED ekrani, qulay interfeysi va keng multimedia imkoniyatlari bilan ajralib turadi. U efir telekanallarini tomosha qilish, film va seriallar ko‘rish hamda internet orqali onlayn kontentdan foydalanish uchun juda mos.

Ovozli qidirish xususisyati televizorning yana bir afzalliklaridan biri, Magic Remote (ovozli boshqaruvga ega pult) — standart komplektatsiyaga kirmaydi va odatda alohida sotiladi. Agar ovozli qidiruv funksiyasidan foydalanish kerak bo‘lsa, ushbu pultni qo‘shimcha ravishda sotib olish talab etiladi.
Televizor HD Ready (1366×768) aniqlikdagi ekran va Direct LED yoritilishi bilan jihozlangan bo‘lib, tasvir aniq, yorqin va tabiiy ranglarda namoyon bo‘ladi. HDR10 va HLG texnologiyalari qo‘llab-quvvatlanishi sababli yorug‘ sahnalar yanada jonli, qorong‘i joylar esa chuqurroq ko‘rinadi.
WebOS Smart TV platformasi televizordan foydalanishni oson va tushunarli qiladi. Ichki Wi-Fi orqali internetga simsiz ulanish mumkin, Bluetooth esa quloqchinlar, kolonka yoki boshqa qurilmalarni simsiz ulash imkonini beradi. YouTube, Netflix va boshqa mashhur ilovalar yordamida onlayn videolarni tomosha qilish, shuningdek USB orqali flesh-xotiradan media fayllarni ochish mumkin.

Model 2 ta HDMI porti (o‘yin pristavkasi, noutbuk yoki media pleer uchun), 1 ta USB porti, shuningdek tashqi audio tizimlar uchun optik audio chiqish bilan jihozlangan. DVB-T2, DVB-C va DVB-S2 tyunerlar orqali efir, kabel va sun’iy yo‘ldosh televideniyesi qo‘llab-quvvatlanadi.
10 Vt quvvatga ega dinamiklar va AI Sound texnologiyasi ovozni tiniq va muvozanatli uzatadi, bu esa kundalik tomosha uchun qo‘shimcha karnaylarsiz ham yetarli. Ixcham o‘lchamlari va klassik qora dizayni televizorni har qanday interyerga mos tushishini ta’minlaydi. Devorга o‘rnatish uchun VESA 200×200 standarti mavjud.
LG 32LQ630B6LA Smart TV — sifatli tasvir, qulay Smart funksiyalar va ishonchli ulanishlarni xohlaydiganlar uchun sinalgan va ishonchli tanlovdir.


