

F70076 modeli — havaskor va yangi boshlayotgan foydalanuvchilar uchun maxsus ishlab chiqilgan teleskop bo‘lib, uy sharoitida foydalanish uchun barcha qulayliklarga ega. Oddiy yig‘iladi, boshqarilishi oson, va har qanday yoshdagi foydalanuvchilar osmonni bemalol kuzatishlari mumkin.

Mazkur model 700 mm fokus masofasi va 76 mm diametrli obyektiv bilan jihozlangan. Bu parametrlar yordamida foydalanuvchi Oy kraterlarini, Saturn halqalar, sayyorlar, kametlar, yulduzlar joylashuvi va fazoda uchrab turuvchi turli hodisalarni ko‘ra oladi.
1.5X, 3X va 5X Barlow linzalari hamda 6 mm, 12.5 mm va 20 mm okulyarlar yordamida 35x dan 585x gacha kattalashtirish imkonini beradi — bu esa turli masofadagi jismlarni sifatli ko‘rish imkoniyatini yaratadi.
Fokus masofasi: 700 mm
Obyektiv diametri (apertura): 76 mm
Kattalashtirish diapazoni: 35x – 585x
Okulyarlar: 20 mm, 12.5 mm, 6 mm
Barlow linzalari: 1.5x, 3x, 5x
Qidiruvchi linza: 5x24
Diagonal oynacha (zenit oynasi): 90° burchakli
Teleskop turi: Refraktor
Shtativ: Alyuminiy, balandligi sozlanadi
Kuzatuv mexanizmi: qo‘lda boshqariladigan, nozik yo‘naltirish imkoniyati

Teleskopning shtativi engil va mustahkam alyuminiydan tayyorlangan bo‘lib, kuzatuv paytida tebranishlarni minimallashtiradi. Shtativ balandligi sozlanadi, bu esa uni har qanday yosh va bo‘yga moslab ishlatish imkonini beradi. Yengil konstruktsiyasi uni istalgan joyga olib chiqib ishlatishga imkon yaratadi — uydan tortib dala yoki tog‘gacha.
F70076 teleskopi barcha zarur aksessuarlar bilan birga yetkaziladi: uch xil okulyar, 1.5x, 3x va 5x Barlow linzalari, 5x24 qidiruvchi linza, 90° zenit oynasi va mustahkam alyuminiy shtativ. Mahsulotdan foydalanishni boshlash uchun alohida hech narsa xarid qilish shart emas — hammasi tayyor!

Ushbu turdagi teleskopni ishlatishda boshlang‘ich qiyinchiliklar bo‘lishi mumkin, bu odatiy holat. Teleskopni to‘g‘ri o‘rnatish va ishlatish uchun YouTube’dagi F70076 modeliga oid videolarni tomosha qilishni tavsiya qilamiz yoki bevosita biz bilan bog‘lanishingiz mumkin.
F70076 – osmonni yaqinlashtiradigan ishonchli hamroh!

