"UZDIGITAL TV" yopiq kanallarini televizorning ichki raqamli DVB-T/T2 qurilmasi yordamida tomosha qilish uchun TeleCARD qurilmasi kerak bo`ladi. TeleCARD PCMCIA / COMMON INTERFACE TV modul o`rniga joylashtiriladi

TeleCARD-dan foydalanishning afzalliklari:
TeleCARD qurilmasi:
E'tibor bering!
Telecardni televizorga ulash televizorning foydalanish bo'yicha ko'rsatmalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Telecardni o'rnatish
Modulni (TeleCARD) o'rnatishdan oldin ushbu qo'llanmani diqqat bilan o'qing.
Televizoringizning PCMCIA / COMMON INTERFACE modul o`rniga Tele-kartani o'rnating (ba'zi televizor ishlab chiqaruvchilar uni faqat CAM deb atashlari mumkin).
1. TeleCARD qurilmasini PCMCIA / COMMON INTERFACE modul o`rniga quyidagi rasmda ko`rsatilgani kabi joylashtiring.
![]()
2. Televizorni yoqing.
3. Joiz bo`lsa televizor sozlash qo`llanmasida ko`rsatilganidek telekanallarni sozlang.
Umumiy ma`lumotlar.
TeleCARD qurilmasini ulash yoki olish faqatgina televizor o`chirilgan xolatda amalga oshirilishi kerak.
Televizorni yoqgandan so'ng, ekranda TeleCARD moduli mavjudligi haqida ma'lumot paydo bo'ladi. Axborot xabarining turi va mazmuni televizor modeliga bog'liq.
Extiyot choralari va kafolat shartlari.
• TeleCARD-ni mexanik ta'sirga duchor qilishga yo'l qo'yilmaydi (zarba, qulash).
• TeleCARD yuzasiga namlik kirishiga yo'l qo'ymang.
• TeleCARD ni faqat ushbu qo'llanmada ko'rsatilganidek o'rnating. Noto'g'ri o'rnatish TeleCARD va televizorga zarar yetkazishi mumkin.
• TeleCARD ni egmang, kuchli elektr va magnit maydonlar ta'siridan asrang.
• TeleCARD ni televizordan extiyoj bo`lmaganda olib tashlash tavsiya etilmaydi.

