H-CT158 magnitli avtomobil telefon ushlagichi (holder) — bu rul boshqaruvida smartfondan maksimal darajada qulay va xavfsiz foydalanish uchun yaratilgan zamonaviy hamda ixcham aksessuardir . Ushbu modelning asosiy afzalligi uning ichiga oʻrnatilgan N52 toifasidagi oʻta kuchli neodim magnitlaridir. Ular hatto yoʻlsiz yoki keskin tormozlanish holatlarida ham telefonni qimirlatmay, mustahkam ushlab turadi
Xolder mustahkam sharnirlarga ega boʻlib, qulay buklanadigan konstruksiyaga ega. 360 gradusga aylanish funksiyasi tufayli haydovchi telefonni osongina vertikal (qoʻngʻiroqlar uchun) yoki gorizontal (GPS-navigatsiya uchun) holatga oʻtkazishi, shuningdek, quyosh nuri tushmasligi uchun eng qulay qiyalik burchagini sozlashi mumkin. Bunda qurilma yoʻlni koʻrishga xalaqit bermaydi va chalgʻitmaydi.
Aksessuar MagSafe texnologiyasi bilan toʻliq mos keladi, bu esa iPhone (12-modeldan boshlab) egalariga telefonni qoʻshimcha plastinalarsiz, birgina harakat bilan yopishtirish imkonini beradi. Boshqa rusumdagi smartfonlar uchun esa jamlanmada maxsus metall halqa koʻzda tutilgan boʻlib, uni telefon orqasiga yoki gʻilof (chexol) ostiga yopishtirish kifoya. Ushlagich asosi avtomobil paneliga (torpedoga) premium klassdagi 3M ikki tomonlama skotchi yordamida mahkam oʻrnashadi va olib tashlanganda hech qanday iz qoldirmaydi.

