Quvnoq va mehribon jingliklar abadiy yoz hukm suradigan baxtiyor mamlakatda tashvishsiz yashashardi. Ammo bir kuni kutilmaganda qor yog‘a boshlaydi, ko‘p o‘tmay esa barcha qurilmalardagi energiya tugab, hatto qit'alarni bog‘lovchi portallar ham ishlamay qoladi. Sirni ochish va o‘z dunyosini qutqarish uchun jasur qahramonlar uzoq va xavfli safarga otlanadilar. Yo‘l davomida ularni jumboqlar, kutilmagan sinovlar va yashirin dushmanning to‘sqinliklari kutadi. Do‘stlar barcha qiyinchiliklarni yengib, Xeppilend sayyorasining bosh sirini ochib, unga yana quvonch va totuvlikni qaytara oladilarmi?

