Nihoyat, yoz keldi! Mehribon quyosh, firuza rang dengiz, iliq qum va mayin shabada - ajoyib ta’tilni hech narsa xiralashtirishi mumkinmi?
Faqat kichkina Emiliyaga na mayin to‘lqinlar, na shabada, na issiq quyosh nurlari yoqadi. U dengizdan juda qo‘rqadi, shuning uchun suvda o‘ynayotgan bolalarni ko‘rganda faqat xo‘rsinadi.
Unga ajralmas dugonalar va eng haqiqiy Sirli malikalar bo‘lgan Mia va Sharlotta yordam bera oladimi?
Albatta, axir bu safar ularning yordamchilari... delfinlar-ku!

