Jorj R.R.Martinning «Taxtlar o'yini» asari, Mirzohid Muzaffar tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan holda, «Muz va olov qo'shig'i» turkumining dastlabki qismi sifatida «Zabarjad media» nashriyoti tomonidan 2025 yilda chop etilgan. Bu epik fantaziya Vesteros olamida siyosiy fitnalar, urushlar va xiyonatlar bilan to‘lib-toshgan dunyoni ochib beradi. Asar o‘zining murakkab syujet liniyalari, chuqur ishlangan obrazlar va epik janrga xos mukammallik tufayli dunyo bo‘ylab ulkan shuhrat qozongan. 90 milliondan ortiq nusxada chop etilgan va 49 tilga tarjima qilingan bu kitobning o‘zbekcha tarjimasi 50-til sifatida, O‘rta Osiyo tillari orasida birinchi va turkiy tillar orasida ikkinchi tarjima bo‘ldi. Kitob o‘quvchilarni har bir qaror butun saltanatlarni taqdirini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan dunyoga olib kiradi. Siyosiy o‘yinlar, jangovar sahnalar va dramatik burilishlar o‘quvchini birinchi sahifadan oxirigacha o‘ziga rom qiladi. 928 sahifadan iborat qattiq muqovali kitob sifatli dizayn bilan taqdim etilgan bo‘lib, fantaziya muxlislari va murakkab hikoyalarni qadrlaydigan keng kitobxonlar uchun mo‘ljallangan. «Taxtlar o'yini» nafaqat adabiy hodisa, balki o‘zbek kitobxonlari uchun zamonaviy adabiyotning eng muhim sagalaridan biriga kirish imkonini beruvchi muhim madaniy voqeadir.

