Ushbu kitob Hujjatul-Islom Muhammad ibn Muhammad ibn Ahmad Abu Hamid at-Tusiy al-G‘azzoliyning shoh asari — «Ihyo ‘ulumid-din» («Din ilmlarining qayta jonlantirilishi»)dir.
Kitobda tavba qilish jarayoniga oid barcha jihatlar va nozik masalalar batafsil bayon etilgan.
Undagi tushuntirishlar Qur’on, hadis va solih ajdodlarimizning so‘zlariga asoslangan holda chuqur yoritib berilgan.
Asar Islom tarixi, iymon asoslari va taqvo tushunchasiga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasi uchun mo‘ljallangan.

