Kimlar uchun:
Mahsulot maxsus professional tatu ustalari va permanent makiyaj (tatuaj) mutaxassislari uchun ishlab chiqilgan.
Nima uchun:
CLEAN FACE brendining professional «Yashil sovun» konsentrati muolaja paytida terini samarali va yumshoq tozalash uchun moʻljallangan. U ortiqcha tatu boʻyogʻi (pigment) va vazelinni terida dogʻ qoldirmasdan oson tozalaydi, shishlarni qaytaradi, qizargan va ta'sirlangan terini tinchlantiradi. Koʻpik hosil qiluvchi flagoni tufayli mahsulot juda tejamkor sarflanadi.
Foydalanish usuli (Yoʻriqnoma):
1. Suyultirish: Konsentratni toza distillangan suv bilan 1:10 nisbatda aralashtiring (1 qism sovunga 10 qism suv).
2. Tayyorlash: Tayyor boʻlgan eritmani koʻpik hosil qiluvchi flagonga yoki sprey-batlga (purkagichga) quying.
3. Tozalash: Muolaja davomida hosil boʻlgan koʻpik yoki eritmani terining boʻyalgan joyiga surting va pigment qoldiqlarini qogʻoz salfetka yordamida ohista artib tashlang.

