Tasodif bilan aldanganlar — Nassim Nicholas Talebning tasodif va noaniqlikning inson hayoti, biznes va qarorlar qabul qilish jarayonidagi rolini tahlil qiluvchi asari.
Kitobda insonlar ko‘pincha tasodifiy hodisalarni qonuniyat sifatida qabul qilishi, omadni mahorat bilan adashtirishi va o‘tgan voqealarga qarab noto‘g‘ri xulosalar chiqarishi haqida fikr yuritiladi.
Muallif murakkab iqtisodiy va hayotiy jarayonlarni sodda misollar orqali tushuntirib, voqealarni tanqidiy tahlil qilishga undaydi. Asar biznes, moliya, investitsiya va kundalik qarorlar bilan qiziqadigan kitobxonlar uchun foydali.

