Rabindranat Tagor she'ri bir emas, ikki mamlakat tomonidan davlat madhiyasi etib qabul qilingan. Uning «Xalq qalbi» nomli qo‘shig‘i Hindiston Respublikasining, «Oltin Bengaliyam» qo‘shig‘i (1913) esa Bangladesh Xalq Respublikasining milliy gimniga aylangan.Rabindranat Tagor (1861-1941) — dunyoga mashhur shoir, yozuvchi, dramaturg. Nobel mukofoti laureati. Bengal tilida ijod qilgan. Kalkutta va London universitetlarida o‘qigan (1878—80). Ilk she'riy to‘plami — «Oqshom qo‘shiqlari» (1882) panteistik ruhda. «Tabiat intiqomi» (1883) pesasi, «Tonggi qo‘shiqlar» (1883), «Suratlar va qo‘shiqlar» (1884) she'riy to‘plamlarida pok muhabbat ulug‘langan. Uning «Xalq qalbi» nomli qo‘shig‘i Hindiston Respublikasining, vatanparvarlik haqidagi «Oltin Bengaliyam» qo‘shig‘i esa Bangladesh Xalq Respublikasining milliy gimniga aylangan. Asarlari jahonning ko‘p tillariga tarjima qilingan. Tagorning «Halokat» romani asosida tayyorlangan «Gang daryosining qizi» dramasi (1956) va «Pochta» p'esasi (1961) hoz. O‘zbek milliy teatrida sahnalashtirilgan. «O‘zbekfilm» kinostudiyasida «Gang daryosining qizi» filmi tasvirga olingan (1961). 8 jildli asarlar to‘plami (1958—65) o‘zbek tilida nashr etilgan.

