Amerikalik taniqli yozuvchi Harper Li ushbu asarida “Mazaxchini o‘ldirish” romanidagi qahramonlari haqidagi hikoyasini davom ettiradi. Oradan yillar o‘tgan, ilgari bola bo‘lganlar ulg‘ayishgan, katta yoshlilar keksayishgan. Ularning dunyoqarashi ham o‘zgargan. Bu ajoyib asar adabiyot muxlislariga chinakam sovg‘a bo‘lishiga ishonamiz.

