«Tasavvuf haqida tasavvur» kitobi taniqli islom olimi Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining tasavvuf va ruh tarbiyasiga bag'ishlangan muhim asarlaridan biridir. Kitobda tasavvuf tushunchasining kelib chiqishi, uning asl mohiyati, islom shariati va aqidasiga mos keluvchi tomonlari xolis yoritilgan. Shuningdek, nafsni poklash, axloqni go'zallashtirish, botiniy va zohiriy amallarni muvozanatda tutish tartiblari ilmiy hamda shar'iy manbalar asosida tushuntirib beriladi. Asar tasavvuf haqida nojo'ya va adashgan fikrlardan xalos bo'lishga hamda to'g'ri islomiy tushunchaga ega bo'lishga yordam beradi.

