Alloh taolo Qur’oni Karimni bu ummat uchun rahmat qilib tushirdi. Unda Islom ummatini dunyo saodatiga erishtiruvchi hamma narsa bayon qildi. Qur’onni o‘rganish barcha ilmlarning boshidir. Uni o‘rganish va o‘rgatish ajri eng ulug‘ amal sanaladi. Zero, tajvid qoidalariga amal qilish vojib bo‘lib, o‘z o‘rnida bu o‘rganuvchining ilmiga baraka olib keladi. Shu maqsadda tajvid qoidalariga doir bir qancha kitoblar turli uslublarda yozildi va yozilmoqda. Ushbu mo‘jazgina kitobcha Muhammad Ahmad Ma’badning yangicha saol-javob uslubida bitilgan "Al-mulaxxasul mufid fi ilmit tajvid" asari asosida tuzilgan. Tuzuvchi uni qo‘shimcha eslatmalar bilan boyitgan. Kitobcha har bir ilm tolibining doimiy hamrohi bo‘lishiga umid qilamiz.

