• Nomi: Tartibning hayotni o‘zgartiruvchi sehrli kuchi: Yaponcha saranjomlash va tashkil etish san’ati
• Muallif: Marie Kondo
• Janri: Hayot tarzi, O‘zini rivojlantirish, Uy boshqaruvi
• Yosh chegarasi: 14+
• Muqova: Yumshoq
Kitobda tartib-intizom hayotimizni qanday o‘zgartirishi mumkinligi haqida gapiriladi. Marie Kondo o‘zining mashhur KonMari metodini taklif etadi: buyumlarni “quvonch keltiradimi yoki yo‘qmi” degan mezon asosida saralash. Har bir narsani qo‘lga olib, u sizni xursand qilsa, uni qoldirasiz, aks holda undan voz kechasiz. Kitob nafaqat uyda tartib yaratish, balki ichki ruhiy muvozanatni topish uchun ham yordam beradi. Uyingizni saranjom qilish orqali hayotingizni soddalashtirish, ortiqcha yuklardan xalos bo‘lish va ijodiy hamda ruhiy energiyani oshirish mumkin. Bu usul millionlab odamlarga hayotini o‘zgartirishda yordam bergan.

