Tarix fanidan mavzulashtirilgan testlar to‘plami o‘quvchilarning tarix fanidan olgan bilimlarini mustahkamlash va tekshirishga mo‘ljallangan. To‘plamda maktab tarix kursining turli mavzulari bo‘yicha test topshiriqlari jamlangan bo‘lib, nazorat ishlari va imtihonlarga tayyorgarlik ko‘rishda foydalanish mumkin.

