📚 Target Multi-Level Reading C1 — ingliz tilini chuqur o‘rganayotgan va Multi-Level imtihoniga tayyorgarlik ko‘rayotgan o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan zamonaviy o‘quv qo‘llanma. Muallif: Mirzayev Dilshodbek.
Kitobda Reading (o‘qib tushunish) bo‘limi bo‘yicha turli darajadagi mashq testlari jamlangan. Topshiriqlar Multi-Level imtihoni formatiga mos ravishda tuzilgan bo‘lib, o‘quvchilarga matnni tez va to‘g‘ri tushunish, asosiy g‘oyani aniqlash, ma’lumotlarni tahlil qilish hamda imtihon savollariga aniq javob berish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi.
Ushbu qo‘llanma C1 darajadagi o‘quvchilar, talabalar va ingliz tilidan yuqori natija olishni maqsad qilgan barcha o‘rganuvchilar uchun tavsiya etiladi 🎓📖.

