Qo‘lingizda varaqlab turganingiz maktabgacha taʼlim yoshidagi bolalar psixologiyasining 24 soat ichidagi EXPRESS trening qo‘llanmasi. Unda siz psixologik va jismoniy rivojlanishning asosiy bosqichlari bilan tanishasiz, yosh bilan bog‘liq bo‘hronlar haqida bilib olasiz, har bir bolaning individual o‘ziga xos tomonlarini aniqlashni, xatti-harakatlarining yoshiga mos yoki mos emasligini bilishni o‘rganasiz, ayrim bolalarning psixologik rivojlanishini tashxislaysiz, korreksiya qilish uchun adekvat va samarali metodlarni tanlaysiz.

