Zamonamizning ko'pchilik ota-onalari: "O'zligini, ichidagi "men"ini saqlab qolgan holda emas, aksincha, kutilgan, istalganidek boʻlgan bola yaxshi farzand", degan fikrga ishongan bo'lsa-da, aslida ularning muvaffaqiyati - bolaning fitratini buzmasdan, asliyati qanday boʻlsa, shunday voyaga yetkaza olishlaridadir. Bugungi kunda bolalarda uchrayotgan muammolarning tub-tubida o'zi boʻlishga ruxsat berilmayotgani yotadi.

