Ushbu kitob inson miyasi, ong va kundalik hayotdagi qarorlarimiz o‘rtasidagi chuqur aloqalarni ilmiy asosda tushuntiruvchi amaliy qo‘llanmadir. Muallif neyrobiologiya, psixologiya va meditatsiya tajribalarini birlashtirgan holda, har bir inson hayotidagi o‘zgarishlar manbayini o‘z ongida yaratishi mumkinligini ta’kidlaydi. Kitobning markazida neyroplastiklik - miya o‘zini qayta dasturlashi mumkinligi haqidagi g‘oya turadi. Svart diqqatni boshqarish, hissiyotlarni tartibga solish, odatlarni shakllantirish, maqsad qo‘yish va ijodkorlikni rivojlantirish jarayonlarini oddiy, ammo ta’sirli misollar orqali tushuntirib bergan. U shuningdek, stress va ichki to‘siqlar bilan kurashishda ongning roli, fikrlashning yangi yo‘llarini ochish va hayot sifatini yaxshilash uchun ilmiy asoslangan usullarni tavsiya qiladi.

