Komplekt tarkibida Tapo A201 quyosh paneli mavjud. Panel kameraning ichki akkumulyatorini zaryadlab turadi va kamerani elektr rozetkasi mavjud bo‘lmagan joylarda o‘rnatish imkonini beradi.
Kamera 1/2.8" CMOS sensor bilan jihozlangan va 2304×1296 piksel maksimal aniqlikda video yozadi. F1.6 diafragma kam yorug‘lik sharoitida tasvir sifatini yaxshilashga yordam beradi.
Kamera 340° mexanik aylanish va gorizontal yo‘nalishda 360° qamrovni ta’minlaydi. Vertikal yo‘nalishda esa 90° mexanik egilish va 130° qamrov mavjud.
2 ta 850 nm IR LED 10 metrgacha tungi ko‘rishni ta'minlaydi. Bundan tashqari, ikkita o‘rnatilgan projektor yordamida rangli tungi tasvir olish mumkin.
Kamera harakatni va odamlarni aniqlaydi. Shuningdek, kerakli hududlarni kuzatish uchun Activity Zone funksiyasi mavjud.
O‘rnatilgan mikrofon va dinamik orqali kamera bilan masofadan turib gaplashish mumkin. Ikki tomonlama audio va shovqinni kamaytirish funksiyasi mavjud. Sirena ovozi 97,2 dBA gacha yetadi.
Kamera 512 GB gacha microSD kartani qo‘llab-quvvatlaydi. Xotira kartasi komplektga kirmaydi. Tapo Care bulutli xizmati ham mavjud.
Kamera 2,4 GHz Wi-Fi orqali ulanadi va Tapo ilovasi orqali boshqariladi. Google Assistant va Amazon Alexa bilan ishlaydi.
Kamera va quyosh paneli IP65 himoya darajasiga ega. Ishlash harorati −20°C dan +45°C gacha.

