"Tanlangan tarjimalar" deb atalgan ushbu jamoa to'plamida uch qit'a - Yevropa va Lotin Amerikasi, Osiyoning ko'zga ko'ringan, favqulodda ijodi bilan jahon adabiyotiga alohida hissa qo'shgan, ayrimlari Nobel mukofotiga loyiq ko'rilgan atoqli adiblarning nisbatan kichik asarlari jamlandi. O'quvchini hayrat va xayol og'ushiga olib, fikrlashga undaydigan bu asarlar sizga, albatta, manzur bo'ladi, degan umiddamiz.

