Bu kitobda 20-yillar adabiyotshunosligi tarixida o‘ziga xos o‘rin tutgan tanqidchi Vadud Mahmudning adabiy, publitsistik va ayrim badiiy asarlari jamlangan. Mahmud ijodi adabiyotshunoslik tarixining o‘ziga xos davrini, xususan, Cho‘lpon va Fitrat kabi buyuk adiblar haqidagi ilk adabiy-tanqidiy mulohazalarni ko‘rsatishi bilan ham ahamiyatlidir. Kitob adabiyotshunos olimlar va keng kitobxonlar ommasi uchun mo‘ljallangan.

