Teringiz go‘zalligi va bir xil ohangiga erishish endi juda oson. Collagen & Milk formulali maxsus oqartiruvchi sovun nozik va giperpigmentatsiyaga moyil bo‘lgan tana qismlari (qo‘ltiq osti, bikini zonasi, tirsaklar va tizalar) uchun maxsus ishlab chiqilgan. Mahsulot tarkibidagi tabiiy kollagen va sut oqsillari terini chuqur namlantiradi, uning elastikligini oshiradi hamda dog‘lar va qorong‘ilashgan sohalarni yumshoq tarzda oqartiradi.
Aktiv antokidantlar kompleksi terining xira ko‘rinishini yo‘qotib, hujayralar yangilanishini tezlashtiradi. Doimiy foydalanishda teri ancha silliq, yumshoq va bir xil yorqin tusga kiradi. Sovun terini quritmaydi, aksincha unga ipakdek mayinlik va tabiiy joziba bag‘ishlaydi. Nozik teriga mos keladigan xavfsiz va samarali tarkib har kuni foydalanish uchun mukammal tanlovdir.

