Yumshoq muqova
544 bet
Sifatli nashr
BOOKTOPIA nashriyoti
Ushbu kitobda mashhur ruhshunos Allan Piz o‘zining ko‘p yillik izlanishlari va tadqiqotlari asosida inson tana harakatlari, yuz ifodalari hamda imo-ishoralar orqali amalga oshadigan noverbal muloqot sirlarini yoritib beradi. Asarda insonni anglash va uni to‘g‘ri idrok etishda tana tilining o‘rni, suhbat jarayonida makon va masofalarning ahamiyati, shaxsiy hudud tushunchasi, qo‘l kaftlari orqali uzatiladigan signallar, qo‘l, barmoqlar, oyoqlar hamda tananing boshqa a’zolari bilan bog‘liq imo-ishoralar va ularning yashirin ma’nolari batafsil tushuntiriladi.

