Shimoliy Karolina qirg‘og‘idagi sokin Barkley Cove shaharchasida yillar davomida "Botqoqlik qizi" haqida turli gap-so‘zlar yurardi. 1969-yil oxirlarida mahalliy "don Juan" — Cheysning jasadi topilgach, shahar ahli darhol Kayya Klarkdan shubhalana boshladi; Kayya — bolaligidanoq botqoqlikda yolg‘iz hayot kechirib kelgan yosh qiz edi. Nozikta’b va aqlli Kayya botqoqlikni o‘zining haqiqiy uyi deb bilardi va u yerdagi qushlaru hayvonlarni o‘z do‘stlari deb hisoblardi. Biroq voyaga yetar ekan, Kayya hayotning boshqacha tomonlarini kashf etadi hamda unda sevish va sevilish istagi uyg‘onadi. U bu notanish va yangi dunyoni katta qiziqish bilan qarshi oladi — toki kutilmagan dahshatli voqea yuz bermaguncha.

