Jahon sobiq chempioni Mixail Tal va usta Yakov Damskiy kitobida mittelyshpilning, aslida esa butun shaxmat o‘yinining asosiy tarkibiy qismlari — hujum, himoya va qarshi hujum chuqur tahlil qilingan. Kitobda har qanday darajadagi shaxmatchilar uchun zarur bo‘lgan tipik usullar keltirilgan, ularning ayrimlari esa mualliflar tomonidan ilk bor shakllantirilgan va asoslab berilgan. Ushbu bilimlar o‘quvchilarga amaliyotda to‘g‘ri yo‘lni topishni osonlashtiradi.
Kitob boshlovchilardan tortib ustalargacha bo‘lgan keng doiradagi shaxmatchilar uchun mo‘ljallangan.

