Alisa - ranglar va sehrga to‘la Ferenvud shaharchasida yashaydigan g‘ayrioddiy qiz, faqat uning o‘zi... rangsiz, xira. Alisa yorqin yubkalar va ulkan bilaguzuklar kiyadi, jonli gullar va hayajonli sarguzashtlarni yaxshi ko‘radi. U o‘z oilasini hamma narsadan ko‘proq yaxshi ko‘radi: onasi, akalari va otasi... uch yil oldin bedarak yo‘qolgan. Alisaning otasiga bo‘lgan muhabbati shu qadar kuchliki, u do‘sti Oliver bilan notanish, xavfli Soqodaliya mamlakatiga (otasini oxirgi marta o‘sha yerda ko‘rishgan) yo‘l oladi. Ana u yerda! Hammasi ostin-ustun, jonli qog‘oz tulkilar ham, o‘ng tomondagi aslida chap tomondagi... Aynan shu maftunkor joyda Alisa sarguzashtlar va do‘stlik sehri nima ekanligini bilib oladi.

