2020-yilning oktyabr oyida «Hilol-Nashr» nashriyoti va «Dorul Ma’rifa» o‘rtasida tajvidli Mus’hafning asl nusxasini nashr etish bo‘yicha shartnoma imzolandi. Qur’on o‘quvchilar uchun uni sifatli va azron narxda yetkazib berishda mazkur shartnomaning ahamiyati juda katta bo‘ldi.
Ushbu mus’haf ranggi va naqsh yozuvlarigacha mualliflik haqqi va himoyasi bilan ro‘yxatga olingan. Shuning uchun hamkor nashriyotlar ushbu Qur’onga birorta ham o‘zgartiritish kiritolmaydi.
Yangi tajvidli Mus’hafda asosan 3 ta rang qo‘llanilgan. Undan tashqari bitta kulrang ham bor, bu rang o‘qilmaydigan harflar uchun ishlatilgan. Lekin asosiy tajvid qoidalarini ifodalashga xizmat qilgan ranglar qizil, yashil va ko‘k ranglardir.
Qizil rang – madning turlarini ifodalaydi.
Yashil rang – g‘unnani ifoda qiladi
Ko‘k rang – qalqala va tahfimni ifoda qiladi.

