«Tajvidli Mus’haf» — Qur’oni Karimni o‘qishni o‘rganayotganlar hamda tajvid qoidalariga qat’iy amal qilmoqchi bo‘lgan har bir kitobxon uchun eng qulay va mukammal nashrlardan biridir.
Kitobda harflarning talaffuzi, ğunna, ixfo, iqlob, idğom va boshqa tajvid qoidalari maxsus ranglar yordamida ajratib ko‘rsatilgan. Bu esa o‘quvchiga oyatlarni o‘qish jarayonida qoidalarni adashmasdan qo‘llashga va Qur’onni tartil bilan tilovat qilishga katta yordam beradi. Arab tili alifbosi va qiroat asoslarini o‘zlashtirayotganlar uchun ajoyib qo‘llanma.

