Muallif: Devid Epshteyn
Muqova: Yumshoq muqova
Sahifa soni: 464 bet
Bizni aldashgan. Ko‘p yillar davomida psixologlar, pedagoglar, murabbiylar va HR mutaxassislari: “Hayotdagi asosiy kasbingizni qanchalik erta topsangiz, unda shunchalik katta muvaffaqiyatga erishasiz”, deb ta’kidlab kelishgan. Tadqiqotchi, jurnalist, TED spikeri va ikki jahon bestselleri muallifi Devid Epshteyn esa bu yondashuv bugungi kunda endi ishlamasligini ishonchli dalillar bilan ko‘rsatadi.
Tadqiqotlarga ko‘ra, muvaffaqiyatli startaplarning aksariyati yoshlar emas, balki 45 yoshdan oshgan insonlar tomonidan yo‘lga qo‘yiladi. Milliy terma jamoalarga ko‘pincha sportning o‘z turiga nisbatan kechroq ixtisoslashgan sportchilar saralanadi. Aksincha, butun umr faqat bitta tor yo‘nalishdagi kasalliklarni o‘rgangan ayrim tibbiyot mutaxassislari bemorlar uchun noto‘g‘ri qarorlar qabul qilishi mumkin. Hatto yuqori malakali moliyaviy ekspertlarning tavsiyalari ham ba’zan iqtisodiy inqirozlarga sabab bo‘ladi.
Epshteynning fikricha, dunyo o‘zgardi. Endilikda keng dunyoqarash va turli sohalardagi tajriba tor ixtisoslashuvdan ko‘ra muhimroq. Insonning yillar davomida turli kasb va yo‘nalishlarni sinab ko‘rishi esa katta yutuqlarga erishishning zarur shartlaridan biridir.
Ushbu kitobni quyidagilar o‘qishi tavsiya etiladi:
farzand tarbiyasiga jiddiy yondashadigan ota-onalar;
maktab o‘qituvchilari, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari va sport murabbiylari;
HR mutaxassislari, kadrlar bo‘yicha maslahatchilar va kouchlar;
barcha darajadagi rahbarlar;
o‘z hayot yo‘lini va sevimli kasbini hali topa olmagan insonlar.

