Ivan Yefremov (1908–1972) nafaqat taniqli fantast-yozuvchi, balki tarixiy romanlar muallifi sifatida ham mashhur.
«Таис Афинская» romani o‘quvchini qadimgi dunyo davriga olib kiradi. Asar voqealari markazida Fors podsholigining poytaxtlaridan biri bo‘lgan Persepolning yoqib yuborilishi turadi. Kitob sahifalarida tarixda yashab o‘tgan mashhur shaxslar qayta jonlanadi: Afina geterasi, podshohlar va sarkardalarning hamrohi Tais, dengiz sarkardasi Nearx, dastlab lashkarboshi, keyinchalik esa Misr podshosi bo‘lgan Ptolemey va, albatta, qadimgi tarixning eng sirli siymolaridan biri - Aleksandr Makedonskiy.

