«Sirli orol» — kimsasiz orolga o‘zingiz bilan olib ketishga arziydigan kitob.
Jyul Vernning eng qiziqarli romanlaridan biri bo‘lgan ushbu asar orolda yashab qolishga majbur bo‘lgan qahramonlarning sarguzashtlari, o‘ziga xos «omon qolish qo‘llanmasi» hamda inson irodasi va jasoratiga bag‘ishlangan madhiyadir.
Romanning sarguzashtlarga boy voqealari bo‘ron, vulqon otilishi, qaroqchilar hujumi, sirli kapitan Nemo va kichik bir orolda omon qolish hikoyasi bilan chambarchas bog‘langan. Kitobni o‘qish davomida sovun tayyorlash, dinamit yasash, Bekkerel batareyasini tayyorlash va boshqa ko‘plab qiziqarli bilimlar bilan tanishish mumkin!
Muallif ilk sahifalardanoq sizni dunyoning chekka bir go‘shasiga olib boradi. Sirli orol sizni kutmoqda! Olg‘a, sarguzashtlar sari!

