KamchiliklariAnchadan beri shundan olaman. Ammo yaqindan beri olgim kelmay qoldi. Tushunmayapman. Necha yulduz qoldirishni ham bilmayapman. Ikki xil tovar bular. Aralashtirib tashlagansizlarmi tushunmadim. Qizimni beli kichkina bo'lgani uchun giga minini tanlaganman, sababi lipochkasi nisbatan kalta va orqasida rezinaning sifati yaxshi edi. Va menga shu maqul edi. Katta pachkadagini lipochkasi uzun bo'lgani uchun undan olmasdim. Keyin bir zakaz qilganimda xuddi katta pachkadagidek keldi. Kommentariyada yozaymi deb yurgandim. Va o'tgan safar zakaz qilganim yana o'zim xoxlagandek sifatli rezinalik va kalta lipochkalik edi. Va shunga ishonib bu safar ham ikki pachka ob keltirgandim. Yana o'sha uzun lipochkalik xuddi katta pachkadagi yani menga maqul bo'lmagan pampersdan. Nega har safar har xil bo'lib kelyapti?. Xaridorlarni ishonchini yo'qotyapsizlar. Isbot tariqasida rasmini ham joylashtirdim. Eng kichkinasi menga maqul bo'lgan varianti. Yani sizlarning avvaldan ishlab chiqargan tovaringiz. Hattoki bundan oldingi pampersdan ham boshqacha bu safargi olganim. Keyingi rasmdan ham bilishingiz mumkin. Malumot uchun aytib o'tay Barchasi 3 lik pampers. Razmeri har xildir balki degan gaplarga oldindan javobim.
Sotuvchining javobi
Assalomu aleykum! Mahsulot tavsifiga mos kelmaganligidan juda afsusdamiz. Bundan buyon biz mahsulotlarni sotib olish va sotishdan oldin chuqurroq tekshiramiz.