Taglikdan chiqishni o‘rgatuvchi trusiklar – bolangizni asta-sekin taglikdan chiqarishga o‘rgatish uchun qulay va samarali yechim. Ular oddiy trusik ko‘rinishida bo‘lib, ichki qatlami suyuqlikni shimib oladi, tashqi qatlami esa engil namlikdan himoya qiladi. Bola ho‘llikni sezadi, bu esa uni hojatga o‘z vaqtida chiqishga undaydi. Shu orqali mustaqil ravishda unitaz yoki gorshkaga o‘rganish osonlashadi.
Xususiyatlari:
• Taglikdan chiqishga o‘rganish jarayonini tezlashtiradi
• Qulay va bola uchun yengil dizayn
• Nafas oluvchi, tabiiy materiallar
• Ko‘p martalik yuvish va foydalanish imkoniyati
• Turli o‘lchamlar va dizaynlarda mavjud
Bolangizning mustaqilligiga birinchi qadamni TAAJIRAH ECO bilan qo‘ying — tabiiy va qulay o‘rganish yo‘li!

