«Tafsiri Hilol» — taniqli islom olimi Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining ko'p yillik mehnati mahsuli bo'lib, zamonaviy o'zbek tilidagi eng mukammal va mashhur Qur'on tafsiridir. Ushbu 6 jildlik to'plamda Muqaddas Qur'oni Karimning barcha sura va oyatlari batafsil sharhlanib, ularning nozil bo'lish sabablari, ma'nolari, shariat ahkomlari hamda insoniyat hayotidagi o'rni tushuntirib beriladi. Kitob keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan bo'lib, islomiy bilimlarini oshirishni, Qur'on hikmatlarini chuqur anglashni istagan har bir musulmon uchun bebaho ma'naviy manba hisoblanadi.

