Muallif: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
NAshriyot: HILOL
YIL: 2026
Janr: Qur'on tafsiri
Kitob O'zbek millatining hozirgi olamdagi eng kuchli ulamalorifan biri deb hisoblangan Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlariga tegishli bo'lib, unda Islom dinidagi eng muqaddas va oliy o'rinda turuvuchi Allohning kalomi hisoblanmish Qur'oni Karim tafsiri hisoblanib unda to'liq 114 ta suraning tafsiri ya'ni bayoni kelgan. Muallif bu kitobni tayyorlashda 27 ta tafsir kitobidan foydalangan.
- Yozilgan davri: Shayx hazratlari bu asarni asosan 1990-yillarda, oʻzbek xalqi diniy maʼrifatga juda tashna boʻlgan bir davrda yoza boshlaganlar.
- Nomining maʼnosi: "Hilol" soʻzi yangi chiqqan oyni bildiradi. Muallif ushbu tafsirni musulmonlar hayotiga yangi oydek nur olib kirishini niyat qilib shunday nomlaganlar.
- Oyatning asl matni: Avval Qurʼoni Karimning arabcha matni keltiriladi.
- Lafziy tarjima: Oyatlar oʻzbek tiliga maʼnodosh soʻzlar bilan aniq tarjima qilinadi.
- Kengaytirilgan sharh: Har bir oyatning nozil boʻlish sabablari (asbobun-nuzul), ulardan kelib chiqadigan sharʼiy hukmlar, aqidaviy va axloqiy masalalar batafsil tushuntiriladi.
- Mo''tadillik: Muallif tafsirda Ahli sunna val jamoa (aynan hanafiy mazhabi) qarashlariga tayanib, radikallik va gʻuluvdan yiroq, moʻtadil islomiy tushunchalarni ilgari suradi.