“Tadbirkor” — “Asaxiy” internet-do‘koni asoschisi Firuz Allayevning sakkiz yillik real tajribasi asosida yozilgan kitob. Muallif atigi 400 dollar bilan boshlangan kichik loyihaning qanday qilib butun O‘zbekiston bo‘ylab tanilgan va yirik biznesga aylanganini ochiq hamda samimiy tarzda hikoya qiladi.
Kitobda tadbirkorlikning davlat, jamiyat va iqtisodiyotdagi o‘rni, biznes g‘oyasining paydo bo‘lishi va uni amalga oshirish, liderlik, jamoani boshqarish, sotuv, marketing, moliya va menejment kabi muhim mavzular yoritiladi. Muallif xorijiy tajribani shunchaki takrorlash o‘rniga, O‘zbekiston sharoitida sinovdan o‘tgan amaliy usullar, o‘z tajribasi va taniqli tadbirkorlarning hayotiy misollariga tayanadi. Kitob uch bo‘limdan iborat: “Tadbirkorlikni qanday tushunamiz?”, “Tadbirkor va biznes” hamda “Tadbirkor menejer”.

