“Tabu” — bu oila davrasida vaqtni maroqli o‘tkazish yoki do‘stlar bilan yig‘ilgan paytda zerikmaslik uchun ajoyib stol o‘yini. “Tabu”ni istalgan joyda o‘ynash mumkin — uyda, ishdagi tanaffusda, poyezdda yoki har qanday yig‘inlarda. O‘yin chinakam kulgi va ijobiy hissiyotlarga boy, uni boshdan kechirmasdan tushunib bo‘lmaydi
Qanday o‘ynaladi:
O‘yin qoidalari juda oddiy: sizga berilgan so‘zni tezda tushuntirishingiz kerak, lekin uni yoki u bilan bog‘liq boshqa so‘zlarni ishlatmasdan. Bular “tabu” — ya’ni taqiqlangan so‘zlar. Masalan, “futbol” so‘zini tushuntirish uchun “sport”, “o‘yin”, “darvozabon”, “to‘p” va “muhlislar” so‘zlarini ishlatolmaysiz. Tez va samarali variant — mashhur jamoalar nomini aytish
Endi esa “atirgul” so‘zini “gul”, “tikan”, “barg”, “qizil” kabi so‘zlarsiz tushuntirishga urinib ko‘ring
Eslatma: sizda bor-yo‘g‘i bir daqiqa vaqt bor, so‘ngra navbat boshqa jamoaga o‘tadi
Yosh: 13+

