
Yumshoq va nafis velyur mato.
Hashamatli kashta naqshlari va belbog‘li tunika.Keng bichimli shim va qulay zamonaviy fason.
Ushbu zamonaviy dvoyka uzun tunika va keng bichimli shimdan iborat. Yumshoq velyur mato tanaga yoqimli bo‘lib, qulaylik va nafis ko‘rinish beradi.
Tunikadagi hashamatli kashta naqshlari, oltinrang bezaklar va belbog‘ kostyumga o‘zgacha joziba bag‘ishlaydi. Keng yenglar va erkin bichim harakatlanishda qulaylik yaratadi.
Kostyumni to‘y, bayram, tug‘ilgan kun, oilaviy yig‘ilish va mehmonliklarda kiyish mumkin. Kuz, qish va bahor mavsumlari uchun mos.

