Areka palma – uy va ofis uchun mo‘ljallangan tabiiy dekorativ o‘simlik. Xonaga chiroyli ko‘rinish beradi va yashil muhit yaratadi. Interyerga mos tushadi, ish joyi va yashash xonalarida yaxshi ko‘rinadi.
Parvarishlash yo‘riqnomasi:
Yorug‘ joyni yaxshi ko‘radi, lekin to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyoshdan saqlang
Tuproq qurib qolmasdan, me’yorida sug‘oring (haftasiga 1–2 marta)
Juda sovuq joydan saqlang
Barglariga vaqti-vaqti bilan suv sepish foydali
Tuproqni vaqti-vaqti bilan yumshatib turish tavsiya etiladi
Yantar (янтар kislotasi) ishlatish:
1 litr suvga 1 dona (yoki 1 g) yantar qo‘shib eritiladi
Oyiga 1–2 marta sug‘orish yoki bargiga sepish mumkin
O‘simlikning ildizi va o‘sishini qo‘llab-quvvatlaydi
Stressdan keyin tiklanishga yordam beradi
To‘g‘ri parvarish qilinganda uzoq vaqt yashil va chiroyli holatda saqlanadi, havoni yangilashga yordam beradi.

