Syuzanna Tamaro 1957-yil Italiyaning Triyest shahrida dunyoga keldi. Ogʻir bolalikni boshdan kechirdi. 1976-yil oʻn sakkiz yoshida Fnaulda sodir boʻlgan zilzila va yigirma besh yoshida chalingan bedavo kasallik hayotida chuqur iz qoldirdi.
Ijodini yigirma yetti yoshida boshladi. Ketma-ket muvaffaqiyatsiz urinishlardan soʻng, nihoyat shov-shuvlarga sabab boʻlgan ilk kitobi «Bir ovoz uchun» chop etildi.
Yozuvchining 1994 yil nashr etilgan «Yuraging chorlagan yerga bor» asari uzoq vaqtdan beri bestsellerlar roʻyxatining yuqori pogʻonalaridan oʻrin egallab kelmoqda.
«Yuraging chorlagan yerga bor» Syuzanna Tamaroning oʻzbek tiliga oʻgirilgan ilk asaridir.

