Lyubov Fyodorovna Voronkova (1906–1976) - rus adabiyotining mumtoz namoyandasi, ko‘plab roman va qissalar muallifi. Uning asarlarini turli yoshdagi kitobxonlar avlodi sevib mutolaa qilib kelgan. Yozuvchiga, ayniqsa, tarixiy asarlari katta shuhrat keltirgan. Ushbu nashrda uning eng sara tarixiy asarlari jamlangan.
To‘plamdan, avvalo, Aleksandr Makedonskiy hayotiga bag‘ishlangan «Сын Зевса» va «В глуби веков» romanlaridan iborat dilogiya o‘rin olgan. Bu asarlar o‘zini xudoning o‘g‘li deb e’lon qilgan, shaharlarni vayron etib, yangi yerlarni zabt etgan buyuk sarkardaning hayot yo‘lini yorqin tasvirlaydi. Ziddiyatlarga boy bu hayot yagona maqsad - butun dunyoni anglash va uning hukmdoriga aylanish istagi bilan kechgan.
Nashrdan, shuningdek, qadimgi dunyoning afsonaviy hukmdorlari va urushlari haqida hikoya qiluvchi L. F. Voronkovaning tarixiy qissalari ham joy olgan.
Asarlar ikki mashhur sovet rassom-grafiklari - Igor Ilyinskiy va Lev Durasovning mumtoz illyustratsiyalari bilan bezatilgan.

