Bu safar Lili va Jess Mitti cho‘chqacha Milli ga yordam berishadi. Uning oilasi Yaltiragan ko‘ldagi ob-havoning osoyishtaligini saqlab turadigan sehrli toshni asrab kelgan edi, ammo u o‘g‘irlab ketiladi! Qizlar esa hech qachon taslim bo‘lmaydi, hatto minglab akslar orasidan sehrli toshni izlashga to‘g‘ri kelsa ham. Bu safar sarguzasht yozgi attraksionlar bog‘ida kechadi! Asarning bosh qahramoni — jasur cho‘chqacha Milli. U sehrli toshni topish uchun bog‘dagi barcha attraksionlarni kezib chiqadi. Britaniyalik yozuvchi Deyzi Medousning hikoyalarini dunyo bo‘ylab bolalar sevib o‘qiydilar. Ammo mehribonlik, mas’uliyat va o‘z kuchingga ishonishni o‘rganmasang, hech qanday sehr yordam bera olmaydi. Bu kitob do‘stlikning qadrini, o‘z harakating bilan maqsadga erishish muhimligini ko‘rsatadi. Yirik shrift, chiroyli oq-qora rasmlar va qiziqarli syujet tufayli kitob ham mustaqil o‘qishni yaxshi ko‘radigan bolalarga, ham endigina o‘qishni o‘rganayotgan kichkintoylarga manzur bo‘ladi. Farzandini kitob o‘qishga qiziqtirmoqchi bo‘lgan ota-onalar uchun ajoyib tanlov.
O'rta maktab yoshi uchun.
Sahifalar: 128
Nashr etilgan yili: 2022

